Qozog‘iston shimoli odamlarsiz qolishi mumkin – deputat 

Olam

image

2050 yilga borib Qozog‘istonning shimoliy viloyatlari aholisi 20-25 foizga kamayishi mumkin. Bu haqda parlament a’zosi, deputat Bekbol O‘rinbosarov “Kazinform” agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

O‘rinbosarovning aytishicha, Qozog‘istonning shimoliy viloyatlari aholisi ko‘chib ketmoqda. Bu muammoni hal qilish uchun infratuzilmaga, xususan, elektr energiyasi, gaz va suv ta’minotiga sarmoya kiritish zarur.

“Har yili Qozog‘istonning shimoliy hududlari aholisining 1-2 foizini yo‘qotadi. Agar vaziyat o‘zgarmasa, 2050 yilda bu hududlar aholisining to‘rtdan bir qismini yo‘qotishi mumkin”, deydi deputat.

Senatorning qayd etishicha, Prezident qishloqlarni rivojlantirish dasturini joriy etishni taklif qilgan. Bu ham aholining Shimoliy Qozog‘iston viloyatidan chiqib ketish tendensiyasini to‘xtatishga yordam berishi mumkin.

Unga ko‘ra, shimoliy viloyatlarning ko‘plab aholisi Rossiya yoki Qozog‘istonning Olmaota, Ostona va Qarag‘anda kabi yirik shaharlariga ko‘chib o‘tmoqda. Bu esa demografik muammolarni yanada kuchaytiradi. O‘rinbosarov, shuningdek, bozor iqtisodiyotiga o‘tgandan so‘ng, ko‘plab qishloq aholi punktlari “arvoh qishloq”ga aylanganini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, 2024 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra Qozog‘iston aholisi 20 mln 33 ming 546 kishini tashkil qilgan. Ulardan 12 mln 451 ming 4 nafari shahar aholisi bo‘lsa, 7 mln 582 ming 542 kishi qishloqlarda yashaydi. Ushbu davr holatiga ko‘ra, qishloqlarda aholi soni o‘sishi 0,3 foizga tengdir.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning yanvar-avgust oylarida Qozog‘iston aholisi 168 ming kishiga yoki 0,84 foizga o‘sib, 1 sentyabr holatiga ko‘ra, 20 million 201,8 ming kishiga yetdi.

Ostonadan keyin aholi sonining respublika darajasidan yuqori o‘sish sur’atlari faqat to‘rtta viloyatda – Olmaota (1,89 foiz), Chimkent (1,79 foiz), Mang‘istau (1,57 foiz) va Olmaota viloyatida (1,12 foiz) kuzatilgan. Yana sakkizta mintaqada esa, aholi soni mamlakat o‘rtacha ko‘rsatkichidan sekinroq o‘sgan.  Yanvar-avgust oylarida aholi eng ko‘p Shimoliy Qozog‘istonda – 1,02 foizga, shuningdek, Abay viloyatida – 0,42 foizga kamaygan.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston Bekbol O'rinbosarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing