Qozog‘iston Senatiga yangi rais saylandi
Olam
−
04 may 2020
7186Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Senatining raisi etib Maulen Ashimbayev saylandi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Berik Kurmangali ma’lum qildi.
“Maulen Ashimbayev Qozog‘iston Respublikasi Senati raisi etib saylandi”, degan Kurmangali ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Qayd etish kerakki, Ashimbayev bu lavozimda Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi Darig‘a Nazaroyevaning o‘rnini egalladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 may kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Senat raisi Darig‘a Nazarboyevaning vakolatini tugatish to‘g‘risida farmonni imzoladi. Shuningdek, uning xizmatlari uchun minnatdorlik bildirdi.
Ma’lumot uchun, Darig‘a Nazarboyeva 2019 yilda otasi Prezidentlikdan iste’foga chiqqach, Senat raisi etib saylangan edi. Undan avvalgi Senat raisi Qosim-Jomart To‘qayev mamlakat Prezidenti bo‘lgandi.