Qozog‘iston Senati o‘lim jazosi bekor qilinishiga rozi bo‘ldi
Olam
−
30 dekabr 2020
3229Qozog‘iston Senati mamlakatda o‘lim jazosining bekor qilinishini qo‘llab-quvvatladi. Qonun loyihasi parlamentning yuqori palatasining joriy yildagi so‘nggi yig‘ilishida qabul qilindi.
Yig‘ilishda, shuningdek, senatorlar o‘tgan yilgi ishlar natijalarini sarhisob qilgan.
Natijalarga ko‘ra, yil davomida 110 ta qonun qabul qilingan. Ulardan 30 tasi deputatlar tashabbusi bilan amalga oshirilgan.
Parlament a’zolari Respublikada o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini bu yilgi asosiy yutuqlardan biri deb atagan.
"Prezident murojaatini amalga oshirish, pandemiya oqibatlarini bartaraf etish va iqtisodiy o‘sishni tiklashga qaratilgan qonunlar qabul qilindi. Aholining hayot sifatini yaxshilash, inson huquqlarini himoya qilish, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarini takomillashtirish ustuvor masalalarga aylandi", degan Qozog‘iston Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev.
Ma’lumot o‘rnida, kelayotgan yil Parlament a’zolari uchun o‘zgarishlardan boshlanadi. 2021 yilning 10 yanvarida Qozog‘istonda navbatdagi parlament saylovi o‘tkaziladi.
LiveBarchasi