Qozog‘iston Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli neft brendi nomini o‘zgartirdi

Olam

image
QALAMPIR.UZ taklifi amalda! O‘zbekistonda jurnalistlar uchun milliy guvohnoma joriy etiladi north_east

QALAMPIR.UZ taklifi amalda! O‘zbekistonda jurnalistlar uchun milliy guvohnoma joriy etiladi

Qozog‘iston hukumati Urals markali neft nomini KEBCO (Qozog‘iston xom neftining eksport aralashmasi)ga o‘zgartirishga qaror qildi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda. 

“So‘nggi paytlarda ro‘y bergan muhim geosiyosiy o‘zgarishlar va o‘zgarishlarning Rossiya portlari orqali Qozog‘iston neftining eksportiga salbiy ta’sirini oldini olish maqsadida 2022 yil iyun oyidan boshlab quyidagi nav nomi – KEBCO qo‘llanila boshlandi”, deyiladi xabarda. 

Kompaniya neft nomini o‘zgartirish sanksiyalar va akkreditivlarni ochish bilan bog‘liq muammolar oqibatlarini bartaraf etish uchun zarur chora ekanligini aytgan. 

Ta’kidlanishicha, qozog‘istonlik neft ishlab chiqaruvchilari o‘z nefti narxini ko‘tarish va uni sotishni osonlashtirishga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 iyun kuni Yevropa Ittifoqi Rossiya Federatsiyasi Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olgani va Ukraina nisbatan hujum boshlaganidang so‘ng oltinchi sanksiyalar paketini qabul qildi. Kengash Rossiya neftiga to‘liq embargo qo‘ya olmadi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

191

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing