Qozog‘iston Rossiyaga qarshi sanksiyalar fonida yuk tashish bo‘yicha chora ko‘ryapti
Olam
−
29 mart 2022
20383Rossiyaga qarshi sanksiyalar fonida Qozog‘iston hukumati eksport va tranzit yuklarni tashishning muqobil yo‘nalishlarini ishlab chiqdi. Bu haqda hukumat yig‘ilishida respublika Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri Kairbek Uskenboyev ma’lum qildi.
“Biz eksport va tranzit yuklarni tashishning muqobil yo‘nalishlari va koridorlarini ishlab chiqdik. Vazirlik tomonidan tovarlarni logistika ta’minoti zanjirlarida uzilishining oldini olish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rildi”, deydi u.
Vazirga ko‘ra, eksport yuklari Latviya portlari va Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishiga yo‘naltiriladi.
“Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishi doirasida Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya bilan qo‘shma transport-logistika kompaniyasiga o‘xshash yo‘nalish bo‘yicha qo‘shma korxona yaratishga oid kelishuvga erishildi”, degan u.
Bundan tashqari, Uskenboyev Qozog‘iston temir yo‘l sanoatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahalliy ishlab chiqarilgan vagonlarni xarid qilish uchun kredit berishda vagon operatorlari uchun 10 foizgacha bo‘lgan ish haqi stavkasini subsidiyalash ko‘rinishida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash vositalari joriy etilganini aytgan.
“Ushbu dastur doirasida 3500 ga yaqin fiting platformalari va 2000 dan ortiq yuk vagonlari xarid qilindi. Shuningdek, joriy yilda Qozog‘iston temir yo‘llari 1500 ta yuk vagonlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda”, degan vazir.