Qozog‘iston Rossiya uchun Boyqo‘ng‘ir ijara to‘lovini oshirmoqchimi?
Olam
−
27 Sentabr 2023
7303Qozog‘iston Rossiya uchun Boyqo‘ng‘irdan foydalanish ijara to‘lovini oshirmaydi. Bu haqda Qozog‘iston Axborot xavfsizligi qo‘mitasi raisi Ruslan Abdikalikov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Qozog‘iston Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan foydalanganlik uchun Rossiyadan oladigan ijara haqini o‘zgartirishni rejalashtirmayapti.
“Birinchidan, uni biror narsa bilan solishtirish juda qiyin. Bir davlat boshqasidan kosmodromni ijaraga olganida, bu noyob pretsedent hisoblanadi. Narx qanchalik adolatli ekanligini aytish uchun uni solishtirishga hech narsa yo‘q. Ikkinchidan, shartnomada narx dollarda ko‘rsatilgan, shuning uchun to‘lovlar milliy valyutada amalga oshirilsa, u holda joriy kursga teng bo‘ladi. Bu ham o‘ziga xos indeksatsiyadir”, degan qo‘mita raisi.
Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi Aerokosmik qo‘mitasi vakilining ta’kidlashicha, kelishuv 1994 yilda, dollar kursi butunlay boshqacha bo‘lgan paytda tuzilgan. Hozirda gap boshqa pul miqdori haqida ketyapti va bu ma’lum darajada indeksatsiya zaruratini qoplaydi.
“Shuning uchun, Qozog‘iston Boyqo‘ng‘ir uchun ijara miqdorini qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirmayapti”, deya xulosa qildi Ruslan Abdikalikov.
Ma’lumot uchun, Boyqo‘ng‘ir kosmodromidagi “Bayterek” kosmik raketa majmuasining parvoz sinovlari boshlanishi 2025 yilga ko‘chirilgan edi.
Mashhura Imomova
LiveBarchasi