Qozog‘iston-Rossiya chegarasidagi o‘rmonda yirik yong‘in yuz berdi (video)
Olam
−
09 iyun 2023
4494Qozog‘istonning Abay viloyati Batpayevskiy o‘rmon xo‘jaligi hududida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
Xabar berilishicha, hozirda yong‘inni o‘chirish ishlari olib borilmoqda. Yong‘inni bartaraf etishda 167 kishi, 47 ta texnika, jumladan, uchta vertolyot ishtirok etmoqda.
“Favqulodda vaziyatlar vaziri Yuriy Ilinning buyrug‘iga binoan, yong‘in joyiga Sharqiy Qozog‘iston, Qarag‘anda viloyatlari va Ostona favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan qo‘shimcha kuch va vositalar yuborildi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Ma’lum qilinishicha, uchta punkt aholisi uylarini tark etgan.
“Soat 00:00 da mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan Borodulixa qishlog‘ida maktab va kollej negizida evakuatsiya punktlari joylashtirildi. Uspenskoye, Podnebesnoye va Barishevka qishloqlari aholisi qarindoshlarinikiga tarqalib ketdi. Jamoat tartibini saqlash maqsadida tuman IIB xodimlari tomonidan joyida navbatchilik tashkil etildi. Uchta yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi