To‘qayevning tanobi tortildimi? U Putin munosabatlarni rivojlantirmoqchiligini aytdi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Rossiyaga nisbatan bir qator qarshi chiqishlaridan keyin tanobi to‘g‘ri bo‘lib qolganga o‘xshaydi. U bugun, 19 avgust kuni Sochiga kelib, Prezident Vladimir Putinga oktyabrda Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan MDH sammitida shaxsan ishtirok etishiga umid bog‘layotganini va Qozog‘iston-Rossiya munosabatlarini rivojlantirishga qat’iy qaror qilganini aytdi. 

"Bu yil Qozog‘iston MDHga raislik qilmoqda. Oktyabr oyida Hamdo‘stlik sammiti bo‘lib o‘tadi. Biz sizning shaxsiy ishtirokingizga juda ishonamiz, ayniqsa, Rossiya MDHda muhim rol o‘ynaydi, bu hamkorligimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir", deydi u.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, geosiyosiy vaziyatning o‘ziga xos xususiyatlari hukumatlarga qo‘shimcha ko‘rsatmalar berish uchun “soatlarni sinxronlashtirish” zarurligini ko‘rsatadi.  

"Albatta, hamkorligimiz kelajagi bo‘yicha pessimistik prognozlar qilishga asos yo‘q. Qozog‘iston Prezidenti sifatida shaxsan men barcha sohalardagi hamkorligimizga qo‘shimcha sur’at bag‘ishlashga qat’iy qaror qildim", deydi To‘qayev. 

Davlat rahbari, shuningdek, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik muvaffaqiyatli rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi.  

“Sanoat kooperatsiyasi hozir bizni mamnun qiladigan jiddiy natijalarga erishmoqda”, deya qo‘shimcha qildi Qozog‘iston Prezidenti. 

Bundan tashqari, u Qozog‘iston va Rossiyani dunyodagi eng uzun quruqlik chegarasi birlashtirganini eslatdi.  

“Aytgancha, chegara butunlay delimitatsiya qilingan”, deydi To‘qayev.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Qosim-Jomart To'qaev Qozog'iston-Rossiya

Baholaganlar

699

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing