Qozog‘iston Prezidenti LGBT targ‘ibotini taqiqlovchi qonunni imzoladi
Olam
−
06 yanvar 3392 1 daqiqa
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev “pedofiliya va noan’anaviy jinsiy oriyentatsiyani targ‘ib qilishni” taqiqlovchi qonunni imzoladi. Bu haqda 30 dekabr kuni davlat rahbarining veb-saytida e’lon qilindi.
Hujjat to‘qqizta qonunga o‘zgartirish kiritadi, ulardan uchtasi qonunni taqiqlovchi qoidalarni o‘z ichiga oladi. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda “LGBT targ‘iboti” belgilari bo‘lgan noqonuniy kontentni joylashtirish va tarqatish uchun jarimalar belgilanadi.
Qonunbuzarliklar eng kam oylik ish haqining 20 baravari (86 500 tenge yoki 146 yevrodan ortiq) miqdorida jarima bilan jazolanadi. Takroriy huquqbuzarlar oshirilgan jarima yoki 10 kungacha ma’muriy qamoqqa olinadi.
Qonun loyihasi 18 dekabr kuni Senat qonun loyihasini ma’qullagan edi. Undan oldin, 12 noyabr kuni u Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi – Majlis tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.
Live
Barchasi