Qozog‘iston prezidenti iste’foga chiqishini e’lon qildi
Olam
−
19 mart 2019
17952Bugun, 19 mart kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev iste’foga chiqishini ma’lum qildi.
“Men Prezident sifatidagi vakolatlarimni topshiraman”, dedi Nursulton Nazarboyev jonli efirga namoyish etilgan murojaatida.
Endi saylovgacha Qozog‘iston prezidenti vazifasini Parlament Senati spikeri Qosim-Jomart Tokayev bajarib turadi.
Shuningdek, Nazarboyev Konstitutsiyaga muvofiq Qozog‘iston Xavfsizlik kengashining raisi, “Nur Otan” partiyasi rahbari, mamlakat konstitutsiyaviy kengashi a’zosi sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Ma’lumot uchun, Nursulton Nazarboyev 1990 yildan beri Qozog‘iston prezidenti vazifasini bajarib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Nazarboyev 21 fevral kuni mamlakat Hukumatini iste’foga chiqargandi.
LiveBarchasi