Jiyanlar bor bo‘lsin yoxud Nazarboyevning merosxo‘ri kim?

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev iste’foga chiqdi. Mamlakat prezidenti vazifasini vaqtincha Parlament Senati spikeri Qosim-Jomart Tokayev bajarib turishi belgilandi.

Biroq mamlakatdagi muxolif kuchlar sodir bo‘layotgan voqealarga hokimiyatni bir guruh ichida bo‘lgan shaxslarning  qo‘lidan-qo‘liga o‘tishidek qarayapti. 

Qayd etilishicha, Nazarboyevning ko‘plab jiyanlaridan biri uning o‘rnini egallashi mumkin. Shulardan Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Samat Abishning imkoniyatlari yuqoriroq baholanyapti. Shuningdek, bugungi kunda Nazarboyev “klan”ining vakillari davlatning yuqori lavozimlarini egallab kelishi ta’kidlangan. Ularning orasida ichki xavfsizlik generallaridan tortib, yirik neft kompaniyalarining egalari ham bor.

Eslatib o‘tamiz, 20 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da Qosim-Jomart Tokayev Qozog‘iston Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi sifatida Parlament palatalarining qo‘shma majlisida qasamyod qabul qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboyev Samat Abish

Baholaganlar

425

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing