Qozog‘iston Parlamenti Senati raisi O‘zbekistonga keladi
Jamiyat
−
01 iyun 2021
3994Joriy yil 3–4 iyun kunlari Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayevning O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva va Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilovning Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, tashrif doirasida “Mustaqillik va ezgulik” monumentiga gul qo‘yish, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, “Hazrati Imom”, Shayx Xovandi Tohur majmualari, “Qaldirg‘ochbiy” maqbarasi, Texnoparkka tashrif buyurish, ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumanlari o‘tkazish ham nazarda tutilgan.