Qozog‘iston Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi
Sport
−
11:13 886 1 daqiqa
Qozog‘istonning janubiy poytaxti Olmaota 2029 yilgi Qishki Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Bu haqda Osiyo Olimpiya Kengashiga (OOK) tayanib, “Xinhua” nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Osiyo Olimpiya Kengashi mezbon shaharni rasman tasdiqlagan. Qayd etilishicha, mezbon shahar bilan shartnoma joriy yilning 5 fevral kuni Italiyaning Milan shahrida rasman imzolanishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, dastlab 2029 yilgi Qishki Osiyo o‘yinlarini Saudiya Arabistonida o‘tkazish rejalashtirilgan edi. Biroq, yanvar oyida Saudiya Arabistoni Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari hamda OOK qo‘shma bayonotida musobaqa noma’lum muddatga qoldirilgani e’lon qilingan edi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi Qishki Osiyo o‘yinlari 2025 yilda Xitoyning Xarbin shahrida bo‘lib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qozog‘istonlik tennischi Yelena Ribakina Avstraliya ochiq chempionati ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslari finalida dunyoning birinchi raqamli tennischisi belaruslik Arina Sobolenkoni mag‘lub etib, 2026 yilgi ilk “Katta dubulg‘a” chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
Live
Barchasi