Qozog‘iston neft qazib olishni 100 mln tonnaga yetkazmoqchi
Olam
−
10:31
687Qozog‘iston Prezidenti Qosim Jo‘mart To‘qayev Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Xorijiy investorlar kengashining yig‘ilishida mamlakatda neft qazib olishni yiliga 100 million tonnaga yetkazmoqchiligini ma’lum qildi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.
“Xalqaro neft kompaniyalari mamlakat taraqqiyotida asosiy rol o‘ynadi. Ularning Qozog‘istonda mavjudligi sarmoyaviy jozibadorlik belgisidir. Xorijiy investorlar kapital, ilg‘or texnologiyalar va yuqori malakali ishchi kuchi ko‘rinishidagi investitsiyalarni taqdim etadi. Investitsiyalar energetika sanoatining o‘sishiga turtki bo‘ldi, so‘nggi 30 yil ichida neft qazib olish uch baravar oshdi. Bu yutuq Qozog‘istonga neft qazib olish o‘sish sur’atlari yuqori bo‘lgan yetakchi beshlikka kirish imkonini berdi. Kelajakda yiliga qariyb 100 million tonna me’yordan o‘tishga intilamiz”, degan To‘qayev.
Prezident mamlakatda gaz va neft-kimyo sanoatining rivojlanishi haqida ham gapirar ekan, yangi gaz konlarini qidirishni boshlab orqali Chevron kompaniyasi bilan hamkorlikdagi faoliyat kengayganini aytgan. Ushbu kompaniya bilan Oqto‘be viloyatidagi Jalibek konida qidiruv ishlarini olib borish bo‘yicha shartnoma imzolanganb. U neft-kimyo sanoatining rivojlanishi Qozog‘iston iqtisodiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga egaligini ta’kidlagan.
“2022 yilda yiliga 500 ming tonna quvvatga ega Markaziy Osiyodagi eng yirik polipropilen ishlab chiqaruvchi zavodni ishga tushirdik. Ayni paytda mazkur korxona ichki talabning qariyb 60 foizini qondirib, mahsulotlarini Yevropa, Turkiya va Xitoyga eksport qilmoqda. Joriy yilning sentyabr oyida biz yiliga 102 million tonna poliyetilen ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod qurilishini boshladik”, degan Qozog‘iston rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda neft-kimyo sohasida umumiy qiymati 14 milliard dollar bo‘lgan qator loyihalar, xususan, butadiyen, telofil kislota, karbamid va boshqalar ishlab chiqarish ko‘rib chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston neft mahsulotlari eksportini yana taqiqlamoqchiligi xabar qilingandi. Unga ko‘ra, mamlakat hukumati yengil distillyatlarni, shu jumladan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo davlatlarga olti oy muddatga eksport qilishni taqiqlab, temiryo‘l orqali tijorat benzinini eksport qilishga ruxsat beradi. o‘ra, Qozog‘iston benzin, dizel yoqilg‘isi va neft mahsulotlarining ayrim turlarini avtomobil transportida, shu jumladan, YeOII mamlakatlariga eksport qilishni taqiqlashni olti oyga uzaytirishni rejalashtirmoqda. Neft mahsulotlarini avtomobil transportida olib chiqishga zavod gaz baklari, moylash moylari va reaktiv yoqilg‘ilarida – ilmiy-tadqiqot ishlari uchun (vakolatli organ bilan kelishilgan holda), neft mahsulotlarining ayrim turlari – Qozog‘iston hukumati qarori bilan insonparvarlik yordami doirasida ruxsat etiladi.
LiveBarchasi