Qozog‘iston neft qazib olish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Olam

image

Qozog‘istonda kunlik o‘rtacha neft qazib olish hajmi 278,4 ming tonnaga yetdi va bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu haqda Qozog‘iston Yoqilg‘i-energetika majmuasining Vaziyatni tahlil qilish markaziga (SAS TEK) tayanib, “Kazinform” xabar berdi.

“Operativ ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil 26 yanvar kuni Qozog‘istonda kunlik o‘rtacha neft qazib olish bo‘yicha tarixiy rekord o‘rnatildi – 278,4 ming tonna. Bu 2024 yilning xuddi shu sanasidagi ko‘rsatkichga nisbatan 10,5 foizga ko‘p (251,9 ming tonna)”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ushbu natijaga “Tengizchevroil” kompaniyasining (TSHO) kelajakdagi kengaytirish loyihasining muhim bosqichlari yakunlangani va Tengiz konida uchinchi avlod zavodining ishga tushirilishi tufayli erishilgan.

2024 yil noyabr oyida Qozog‘iston Energetika vaziri Almasadam Satkaliyev Qozog‘iston 2026 yildan boshlab har yili 100 million tonna neft qazib olishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Jezqazg‘on shahridagi neft bazasida portlash sodir bo‘lib, buning ortidan yong‘in kelib chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston neft' rekord

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing