Qozog‘iston Markaziy Osiyoda ommaviy elektr uzilishi sababini ma’lum qildi

Olam

image

Qozog‘iston milliy elektr ta’minoti markazi (KEGOS) kecha, 25 yanvar kuni Markaziy Osiyoning O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalarida sodir bo‘lgan elektr energiyasi uzilishi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan “Tengrinews” axborot agentligiga rasmiy ma’lumot berdi.

“2022 yil 25 yanvar kuni soat 11:59 da (Nur-Sulton vaqti bilan) Markaziy Osiyo (O‘zbekiston, Qirg‘iziston) energetika tizimida yuzaga kelgan nomutanosiblik sababli kuzatilgan jiddiy avariya tufayli 500 kV elektr energiyasini Qozog‘istonning Shimoliy-Sharqiy-Janubiy liniyasi bo‘ylab tranzit qilishda quvvat uzilishi sodir bo‘lgan”, deyiladi markaz ma’lumotida.

Qayd etilishicha, “Shimoliy-Sharqiy-Janubiy” liniyada sodir bo‘lgan avariya natijasida Qozog‘istonning janubiy qismidagi aholining katta qismi elektr energiyasidan uzilib qolgan. Hozircha elektr energiya bilan bog‘liq cheklovlar hajmi taxminan 1500 megavattni tashkil qilmoqda.

“Hozirda KEGOS operator tizimi tomonidan avariyani bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda”, deya qo‘shimcha qiladi kompaniya. 

Bildirilishicha, yoppasiga elektrdan uzulish holatlari Qozog‘istonning eng yirik shahri Olma-ota va unga yaqin hududlarda kuzatilgan.

“Konets sveta”

Kecha, 25 yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi. Buning ortidan poyezdlarning manzilga yetib borish vaqti kechiktirildi. Elektrdagi uzilish suv ta’minotini ham to‘xtatib qo‘ydi.

Keyinroq, qo‘shni mamlakatlar — Qozog‘iston va Qirg‘izistonning qator hududlarida ham elektr energiyasi uzildi. O‘zbekistonda esa barcha ayeroportlar faoliyati cheklandi.

O‘zbekiston Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, Qozog‘iston Elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida Olma-ota, Chimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr energiya ta’minotida o‘chishlar yuzaga kelgan.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1804

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing