“Qozog‘iston malikasi” “Nur Otan”dan ketdi

Olam

image

Qozog‘istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi Darig‘a Nazarboyeva “Nur Otan” siyosiy kengashi a’zoligidan ketdi. Bu haqda “Orda.kz” nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, u yangi siyosiy kengash ro‘yxatidagi kiritilmagan. 

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil yilning 2 may kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Cyenat raisi Darig‘a Nazarboyevaning vakolatini tugatish to‘g‘risida farmonni imzoladi. Shuningdek, uning xizmatlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Darig‘a Nazarboyeva 2019 yilda otasi Prezidentlikdan iste’foga chiqqach, Senat raisi etib saylangan edi. Undan avvalgi Senat raisi Qosim-Jomart To‘qayev mamlakat Prezidenti bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev “Nur Otan” partiyasi raisi etib saylangandi. To‘qayevni shu paytgacha hukmron partiya raisi Elboshi Nursulton Nazarboyev “Nur Otan” partiyasi qurultoyida partiya raisi lavozimiga taklif qilgan.

Nursulton Nazarboyev Qozog‘istondagi namoyishlar avj olishi fonida Xavfsizlik Kengashi boshqaruvini ham qo‘sh qo‘llab Prezident To‘qayevga topshirdi. O‘shandan buyon uning qayerdaligi shubha ostida. Garchi Nazarboyevning atrofidagilar 8 yanvardan boshlab tilga kirib, uning mamlakatda bo‘lib turganini aytayotgan bo‘lsa-da, sobiq Prezident videomurojaat yo‘llashdan boshqa, hozirgacha hech yerda ko‘rinish bermadi. Hatto, to‘ng‘ich qizi – deputat Darig‘a Nazarboyeva ham 11-12 yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan Parlament yalpi majlisida ishtirok etmagan. Uning koronavirusga chalingani va kasallik sabab ta’tilda ekani aytildi.

Nazarboyevning kuyovlari: Aliyaning (kenja qizi) turmush o‘rtog‘i Dimash Dosanov “Kaztransoyl” AJ rahbarigidan, Darig‘aning (to‘ng‘ich qizi) turmush o‘rtog‘i Kayrat Sharipbayev “QazaqGaz” milliy kompaniyasi AJ rahbarligidan ketdi. 17 yanvar kuni o‘rtancha qiz Dinaraning turmush o‘rtog‘i Timur Kulibayev “Atameken” milliy tadbirkorlar palatasi prezidiumi raisi lavozimini tark etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

265

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing