Qozog‘iston koronavirusga qarshi o‘z vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi

Olam

image

Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan inaktivatsiyalangan QazCovid-in vaksinasi vaqtinchalik davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiyot va farmatsevtika nazorati qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Nurlibek Asilbekov ma’lumot bergan.

"25 dekabr kuni klinik sinovlar boshlandi. 11 yanvargacha 3 ming nafar ko‘ngilli emlandi. Ularning barchasi doimiy nazorat ostida. QazCovid-in 9 oylik muddatga vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazildi. "Sputnik" vaksinasi bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Chet el vaksinalariga kelsak, epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda, bu masala hozirda muzokaralar bosqichida", degan u.

Dastlabki rejalarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirusga qarshi emlash 2021 yilning mart oyida boshlanadi. 

Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda ommaviy emlash Qozog‘iston va Rossiya vaksinasi bilan amalga oshirilishini ma’lum qilgan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar 213 mingdan oshgan. 186 mingdan ko‘p kishi sog‘aygan. 2 ming 882 nafar bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston vaktsina

Baholaganlar

61

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing