Qozog‘iston koronavirusga qarshi Amerika vaksinasini sotib oladi

Olam

image

Qozog‘iston Amerikaning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyasi ishlab chiqargan koronavirusga qarshi vaksinadan sotib olish niyatida. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Marat Shoranovning ma’lum qilishicha, Pfizer kompaniyasi bilan muzokara imzolandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston Hukumati eng qisqa vaqt ichida kompaniya vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazib, undan foydalanishga ruxsat bermoqchi. Vaksina yetkazilishi muddati kompaniyaning ishlab chiqarish imkoniyatiga bog‘liq.

Shoranovning qayd etishicha, AQSH vaksinasini tashish va saqlash talablari qat’iy bo‘lib, bundan tashqari, uning narxi Rossiyada ishlab chiqarilgan vaksinanikidan ikki baravar qimmat. Sotib olinadigan vaksina miqdori ma’lum qilinmagan.

Avvalroq, Qozog‘istonda Rossiya bilan hamkorlikda “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Koronavirus vaktsinasi Pfizer

Baholaganlar

71

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing