Qozog‘iston Konstitutsiyasidan Nazarboyev nomi to‘liq o‘chirilmoqda

Olam

image

Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida Qozog‘istonning asosiy qonunidan Birinchi Prezident – Elboshi Nursulton Nazarboyev, uning maqomi va vakolatlari haqidagi barcha normalarni butunlay chiqarib tashlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ishchi guruh a’zosi Marat Boshimov ma’lum qildi.  

Unga ko‘ra, kecha, 4 may kuni bo‘lib o‘tgan yakuniy yig‘ilishda konstitutsiyaviy kengash ishchi guruh tomonidan tayyorlangan o‘zgartirishlar loyihasining Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilgan. 

Bu, xususan, Konstitutsiyaning Birinchi Prezidentning ketma-ket ikki martadan ortiq saylanish huquqi, uning maqomi va vakolatlari Konstitutsiya va konstitutsiyaviy qonun bilan belgilanishi haqida so‘z yurituvchi moddalariga taalluqlidir.

Bundan tashqari, o‘zgarishlar Birinchi Prezident Nursulton Nazarboyevning mustaqil Qozog‘iston asoschisi sifatidagi maqomining o‘zgarmasligiga ishora qiluvchi 91-moddaga ham ta’sir qiladi. 

“Birinchi Prezidentning tarixiy roli hammaga ma’lum va Konstitutsiyada alohida belgilanishini talab qilmaydi”, degan Boshimov. 

Shu bilan birga, mamlakatda “Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun mavjud bo‘lib, u, xususan, birinchi Prezident davlat rahbari vakolatlarini amalga oshirishni to‘xtatgandan keyin uning siyosiy-huquqiy maqomini, imtiyozlari va kafolatlarini belgilaydi. 

Eslatib o‘tamiz, Nazarboyevga qator imtiyoz va vakolatlar beruvchi "Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi to‘g‘risida"gi qonunni bekor qilib, uning maqomini bosh qonunda belgilab qo‘yish rejalashtirilayotgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Nazarboev

Baholaganlar

131

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing