Qozog‘iston KXSHTdan bir martalik rezina mahsulotdek foydalandi – Bagdasarov

Olam

image
“Lukashenkoning gapi ochiq shantaj, u avval o‘zini va Belarusni eplab olsin” – Siyosatshunos professor bilan suhbat north_east

“Lukashenkoning gapi ochiq shantaj, u avval o‘zini va Belarusni eplab olsin” – Siyosatshunos professor bilan suhbat

Qozog‘iston Kollektiv Xavfsilik Shartnomasi Tashkiloti kontingentini o‘zi chaqirib, o‘zi juda oson voz kechdi. Kelgusida yana Qozog‘istonda shunday holat bo‘lsa, Rossiya mamlakatni tinchlantirishga kirmaydi. Bu haqda Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari muammolari bo‘yicha ekspert Semyon Bagdasarov gapirdi. 

Ma’lumki, Qosim-Jomart To‘qayev ertaga, 13 yanvardan boshlab KXSHT tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istonni tark etishi kerakligini aytdi. Ma’lum qilinishicha, KXSHT kuchlarining Qozog‘istonni tashlab chiqib ketishiga 10 kun ketadi. Bagdasarov KXSHT kuchlarining bu qadar qisqa muddatda Qozog‘istonni tark etishini kutmagan chog‘i, bu o‘rinda Qozog‘istonni KXSHTdan bir martalik rezina mahsulotdek foydalanganidan g‘azabda. 

Qozog‘iston rahbariyati o‘zini qanday bayonot beryapman, deb o‘ylayapti? Biz o‘z ishimizni qildik va endi bizdan ketishni so‘rashmoqda! KXSHT ular uchun nima ?! Mashhur bir martalik rezina mahsulotmi?! Biz pul sarflab, Qozog‘istonni parchalanishdan saqlab qoldik. Menimcha, To‘qayev tushunishi kerak: keyingi safar Rossiya yordamga kelmaydi. Va keyingi safar ham shunday holat bo‘ladi. Siz xotirjam bo‘lishingiz mumkin”, deydi Bagdasarov. 

Uning fikricha, keyingi safar Rossiya o‘z chegaralari xavfsizligi, Rossiya aholisining xavfsizligi va chegaradagi bufer zonasi haqida o‘ylashi kerak. Qo‘shimcha qilishicha, KXSHT kuchlarining bunchalik tez chiqib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. 

"Biz pul sarfladik, hamma narsani saqlab qoldik. Qozog‘iston janubga, shimolga, markazga parchalanib ketishdan, janob To‘qayev esa Qozog‘iston Prezidenti bo‘lmasligidan qutqarildi", deydi u. 

Ta’kidlashicha, “agar bu ssenariy takrorlansa, Rossiya Qozog‘iston Prezidentiga yordam berishdan avval ikki marta o‘ylab ko‘rishi kerak”. 


Maqola muallifi

Teglar

KXShT Semen Bagdasarov

Baholaganlar

1247

Reyting

3.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing