Qozog‘iston qora va rangli metall eksportini taqiqladi 

Olam

image

Qozog‘iston hukumati 6 oyga mamlakatdan qora va rangli metallar chiqindilarini, shuningdek, parchalarini eksport qilishni taqiqladi. Bu haqda Qozog‘iston sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.  

“Qozog‘iston Respublikasi hududidan rangli metallar parchalari va chiqindilarini, shuningdek, foydalanilgan qo‘rg‘oshin akkumulyatorlari, akkumulyatorlar chiqindi va parchalarini transportning barcha turlarida olib chiqish olti oy muddatga taqiqlansin”, deyiladi xabarda. 

Bundan tashqari, Qozog‘iston hududidan qora metallar parchalari va chiqindilarini, shuningdek, quvurlar, relslar, temir yo‘l elementlari va harakatlanuvchi tarkibni avtomobil va dengiz transportida olib chiqish olti oy muddatga taqiqlanadi. Ta’kidlanishicha, ta’mirlash uchun respublika hududiga olib kirilib, qaytarib olib ketilayotgan foydalanilgan harakat tarkibi elementlari bundan mustasno. 

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, farmoyish joriy yil 6 maydan kuchga kiradi. U Qozog‘iston metallurgiya korxonalarini qora va rangli metallar parchalari va chiqindilari ko‘rinishidagi xomashyo bilan ta’minlashda qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy etilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Qozog‘iston 2020 va 2021 yillarda ham qora va rangli metall parchalari hamda chiqindilarini eksport qilishga xuddi shunday vaqtinchalik taqiqlarni joriy qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston metall

Baholaganlar

98

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing