Qozog‘iston fuqarosi Qoraqalpog‘istonda YTHga uchrab, vafot etdi

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘istonda Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi Toyota Land Cruiser rusumli avtomobilida harakatlanib kelayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l-transport hodisasiga uchradi. YTH oqibatida haydovchi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha YTH joriy yilning 21 iyul kuni 14:00 lar chamasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidan o‘tuvchi 4 K 1-yo‘lining 5-6 kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi ushbu yo‘ldan harakatlanib kelayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, YTHga uchragan. Ushbu hodisa oqibatida haydovchi voqea joyida vafot etgan. 

Ma’lum qilinishicha, Toyota Land Cruiser rusumli avtomobil haydovchisi vaqtincha Ellikqal’a tumanida yashovchi Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qoraqalpog'iston

Baholaganlar

167

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing