Qozog‘iston fojiasida kimning qo‘li bor? Ish nega “katta og‘a”gacha yetib bordi? Sherzodxon Qudratxo‘ja bilan suhbat

Intervyu

Takror aytishning hojati yo‘q bo‘lsa ham eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda vaziyat qaltis bo‘lib turibdi. Suyultirilgan gaz narxining oshishi ortidan boshlangan norozilik namoyishlari bugun o‘z o‘rnini qo‘poruvchilik va vayronagarchilikka bo‘shatib berdi. Mamlakat eplab bo‘lmaydigan holatga kelib qolgan. 

Albatta, Qozog‘istondagi ushbu vaziyat mintaqa mamlakatlarini ham ancha sergak torttirdi. Ayniqsa, ishga Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB – KXSHT)ning aralashuvi keskinlikni yanada orttirmoqda. 

Ommaviy axborot vositalarida esa Qozog‘iston haqidagi xabarlar soniya sayin ko‘paymoqda. Ularning qay biriga ishonishni bilmaysan kishi. 

Xo‘sh, Qozog‘istonda nima bo‘lyapti? Namoyishmi yo terakt? Nega Hukumat oxirgi nuqtani qo‘ya olmayapti? Nega Prezident ODKBga Qozog‘iston eshiklarini lang ochib berdi? Shular xususida QALAMPIR.UZ Xalqaro press-klub raisi, siyosatshunos, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja bilan muloqot qildi. 

Ushbu suhbatni hoziroq yuqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'istondagi vaziyat Sherzodxon Qudratxo'ja

Baholaganlar

2133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing