Qozog‘iston Donbassga qo‘shin yuboradimi?
Olam
−
04 may 2022
21461Qozog‘iston Danbassga harbiy xizmatchilarni yuborish masalasini ko‘rib chiqmayapti. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vaziri o‘rinbosari Sulton Kamaletdinov brifingda ma’lum qildi, deb yozadi “Zakon” nashri.
“Darhaqiqat, bu masala shunday geosiyosiy vaziyatda butun qozoq jamoatchiligini tashvishga solayotgandir. Shu bilan birga, Qurolli Kuchlarimizdan davlatimizdan tashqarida foydalanish rejali va me’yoriy jihatdan belgilab qo‘yilganligini ta’kidlashimiz kerak”, degan Kamaletdinov.
Vazir o‘rinbosari Qozog‘iston Qurolli Kuchlarining tinchlikparvar operatsiyalarda ishtirok etishi faqat BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi asosida amalga oshirilishini eslatgan.
“Ushbu qarordan kelib chiqib, davlat rahbari parlamentga taklif bilan chiqadi. Va faqat parlament ma’qullaganidan keyin Qurolli Kuchlardan foydalanish mumkin. Ayni paytda bu masala hatto ko‘rib chiqilmagan. Bu masala bo‘yicha bunday muzokaralar yo‘q”, degan u.
Qayd etish kerakki, Qozog‘iston Rossiya boshchiligidagi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a’zo. Tashkilot nizomiga ko‘ra, a’zo davlatlardan birortasi tashqi hujumga uchraganda, barcha ishtirokchilar harbiy yordam berish kerak. Ammo bu a’zo davlat boshqa bir mamlakatga bostirib kirganda ish bermaydi.
LiveBarchasi