Qozog‘iston davlat xodimlariga sovg‘a berishni taqiqlamoqchi
Olam
−
06 fevral 2020 5331 1 daqiqa
Qozog‘istonda amaldorlarning har qanday qiymatdagi sovg‘alar olishini taqiqlash rejalashtirilmoqda. Bu haqida mamlakat korrupsiyaga qarshi kurash agentligi raisining birinchi o‘rinbosari O‘ljas Bektenov ma’lum qilgan.
“Davlat xizmatchilariga har qanday qiymatdagi sovg‘alarni berishni taqiqlash” zarur qonuniy hujjatlar bilan belgilab qo‘yilishi zarur”, dedi Bektenov korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘zga chiqar ekan.
Rais o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, hozir Qozog‘istonda davlat xizmatchilariga 26,5 ming tenge (70 dollar) miqdorida sovg‘alar berishga ruxsat etilgan. Ayni paytda esa ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksda amaldorlarga sovg‘a berish korrupsiya hisoblanishi qayd etilgan. Amaldorning ta’kidlashicha, bunday vaziyat kishilarni chalkishtiradi.
Uning taklifiga ko‘ra, harakat yoki harakatsizligi uchun noqonuniy sovg‘a oluvchi va buning uchun qonun oldida javob beruvchilar doirasini kengaytirish kerak. Ularga, asosan, yuqori davlat tashkilot va idoralarida ishlaydigan shaxslarni (masalan, parlament deputati, sudyalar va hokazo) qo‘shish zarur.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025