Qozog‘iston chegarasida vabo sababli nazorat kuchaytirildi

Olam

image

Qozog‘iston boshqa mamlakatlarda vabo tarqalishi sababli chegarada nazoratni kuchaytirdi. Bu haqda Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Tengrinews.kz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya nazorati qo‘mitasi dunyoning qator mamlakatlarida vabo bilan kasallanish holatlari ko‘payib borayotganini ma’lum qilgan.

“Kasallik asosan Afrika davlatlari, Suriyada kuzatilmoqda. Qozog‘istonga kelsak, so‘nggi 10 yil ichida mahalliy vabo bilan kasallanish holatlari qayd etilmagan. Vabo – odamdan odamga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqadigan kasallik. Shu bilan birga u suvda uzoq muddat saqlanib qoladi”, degan respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati qo‘mitasi yuqumli kasalliklarni epidemiologik nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Roza Qo‘japova.

Shuningdek, u bu yilgi vaziyat murakkablashganiga qaramasdan, ochiq havzalardagi va ichimlik suvining sifati doimiy ravishda nazorat qilinayotganini ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir qator mamlakatlarda vabo kasalligi qayd etilganini hisobga olib, Qozog‘iston chegarasida nazorat kuchaytirilmoqda. Shuning uchun ham mamlakatga kelgan fuqarolar tekshirilmoqda. Agar ularda vaboning birinchi belgilari sezilsa, besh kun davomida ularning salomatligi nazorat ostiga olinadi. 

“Shu davr mobaynida agar ular kasal bo‘lib qolsa, ular izolyatsiya qilinadi. Agar odamlar chet eldan kelgan bo‘lsa va ularda ham xuddi shunday kasallik kuzatilsa, epidemiyaga qarshi choralar ko‘riladi va ular izolyatsiya qilinadi. Ammo bugun vaziyat tinch”, deydi Roza Qo‘japova.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

vabo Qozog'iston chegarasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing