Qozog‘iston byudjet taqchilligini yo‘qotish uchun 1 milliard dollar qarz olmoqchi

Olam

image

Qozog‘iston rasmiylari byudjet taqchilligini to‘ldirish uchun tashqi bozorlardan qariyb 400 milliard tenge (1 milliard dollar) qarz olishni rejalashtirmoqda. Rossiya bozori bu yo‘nalishda eng maqbuli bo‘lib ko‘rinmoqda. Bu haqda bugun, 12 iyun kuni moliya vaziri Yerulan Jamaubayev ma’lum qildi.

Joriy yilning 2 aprel kuni respublika moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Berik Sholpankulov Qozog‘iston byudjet taqchilligini qoplash uchun tashqi bozorlardan 3 milliard dollar qarz olishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. 12 mart kuni sobiq moliya vaziri Alixon Smailov Qozog‘iston rasmiylari bu yil Rossiya bozorida 1 milliard dollargacha Rossiya rublini qarzga olish niyatida ekanini aytgandi. Uning ta’kidlashicha, agar Qozog‘iston boshqa bozorlardan dollarda qarz oladigan bo‘lsa, unda valyuta xavfini hisobga olish kerak bo‘ladi.

"Joriy yil uchun respublika byudjetining taqchilligi 2,4 trln tengega teng (12 iyundagi kurs bo‘yicha qariyb 6 mlrd AQSH dollari). Ushbu kamomad qarz olish yo‘li bilan moliyalashtirilishi kerak", dedi Jamaubayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda bo‘lim ushbu yo‘nalishda ko‘plab tahliliy ishlarni olib bormoqda. "Ma’lumotlar juda sezgir. Bozordagi barcha bayonotlar ma’lum talab va ba’zi takliflarni keltirib chiqaradi", deya tushuntirdi vazir.

Uning ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda eng jozibadorlari ichki va Rossiya rubli bozori. "Rossiya rubli Qozog‘iston tengesi kursi bilan ko‘proq bog‘liq. Shuning uchun Rossiya bozori biz uchun yanada jozibadordir. Agar kerak bo‘lsa, biz unga kiramiz. Umuman olganda, muzokaralar davom etmoqda", dedi Jamaubayev.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

31

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing