Qozog‘iston Bosh vaziri Toshkentga keldi

Jamiyat

image

Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o‘n oltinchi sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zbekiston Hukumati portalida xabar berildi. 

Smailovni Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib olgan.

Qisqa suhbatdan so‘ng, Smailov o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketgan.

Eslatib o‘tamiz, 8-9 noyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o‘n oltinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiyaning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Kun tartibiga muvofiq, IHT doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu ko‘p tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Sammit dasturi doirasida O‘zbekiston yetakchisi qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. 

Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga 1985 yilda asos solingan, uning doimiy faoliyat yurituvchi kotibiyati Tehron shahrida joylashgan. O‘zbekiston Respublikasi 1992 yildan boshlab IHT a’zosidir. Ushbu tashkilotning oxirgi sammiti 2021 yilning noyabr oyida Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Aripov IHT Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Alixan Smailov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing