Qozog‘iston Bosh vaziri Asqar Mamin karantinga olindi

Olam

image

Avvalroq, Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanovda koronavirus aniqlangani haqida xabar bergan edik. Unda virusning alomatsiz shakli bo‘lgan.

Yeljan Birtanovda koronavirus aniqlangani sababli Qozog‘iston Bosh vaziri Asqar Mamin ham karantinga olindi. Gap shundaki, Mamin Jambil viloyatida ishchi tashrif bilan bo‘lgan. Unga bu safari davomida Yeljan Birtanov hamrohlik qilgan.

Birtanovda koronavirus aniqlangach, u test topshirgan. Natija manfiy chiqqan. Qayd etilishicha, safar davomida Birtanov respirator niqob taqib yurgan.

Mamin har ehtimolga qarshi karantinga olingan bo‘lsa-da ishlashda davom etyapti. Ishlarni videokonferensaloqa shaklida boshqarib boryapti.

So‘nggi ma’lumotlaga ko‘ra, Qozog‘istonda 14 496 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 77 nafari vafot etgan va 9 188 nafari sog‘aygan.


Maqola muallifi

Teglar

Asqar Mamin Koronavirus Qozog'istonda

Baholaganlar

93

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing