Abdulla Aripov Asqar Mamin bilan uchrashgani Turkistonga bordi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bugun, 21 noyabr kuni Qozog‘iston Respublikasining Turkiston shahriga borib, Bosh vazir Asqar Mamin bilan uchrashdi. Bu haqda Qozog‘iston Hukumati saytida xabar berildi. 

Qayd etilishicha, Turkiston shahrida Asqar Mamin va Abdulla Aripov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Hukumat rahbarlari savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, qishloq xo‘jaligi, suv-energetika, transport va logistika, bojxona sohasidagi hamkorlik, shuningdek sanoat kooperatsiyasi va mintaqalararo o‘zaro aloqalarning dolzarb masalalarini muhokama qilganlar.  

Rasmiy axborotda ta’kidlanishicha, uchrashuvda 2020-2022 yillarda Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish, tovarlarni taqsimlashning mintaqaviy tizimini, Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida Xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markazini yaratish, chegara punktlarini modernizatsiya qilish va boshqalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. 

“O‘zbekiston – Qozog‘istonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi asosiy savdo hamkori. 2019 yil oxirida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 21, 2 foizga o‘sib, 4,5 milliard dollarni tashkil etdi, tomonlar o‘zaro savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazish niyatida”, deyiladi xabarda.  

Hukumat rahbarlari Turkiston shahrida "Turkistan Textile" to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha Qozog‘iston-O‘zbekiston qo‘shma korxonasining ochilish marosimida qatnashdilar. Tikuvchilik fabrikasi Turkiston sanoat zonasida 2 gektar maydonda joylashgan. Investitsiyalar hajmi 700 million tengeni tashkil etadi. Korxona loyihaviy quvvati oyiga 13 mingta to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.  Korxonada ayollar uchun 1000 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.  

Asqar Mamin Abdulla Aripovni Turkiston shahrining ijtimoiy, sport, transport va sayyohlik infratuzilmasining yangi ob’ektlari – xalqaro aeroport, kongress zali, "Ulkala Dala Eli" markazi, "Turkiston Arena" stadioni, O‘quvchilar saroyi, Rixos Turkiston mehmonxonasi, shuningdek, ko‘p karrali "Karvonsaroy" sayyohlik majmuasi va 5 ming o‘rinli masjid qurilishining borishi bilan tanishtirgan. 

Hukumat rahbarlari Ahmad Yassaviy maqbarasini ziyorat qildilar. 


Maqola muallifi

Teglar

Asqar Mamin Abdulla Aripov

Baholaganlar

61

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing