Qozog‘iston Bosh muftiysi ishdan ketdi

Olam

image

Qozog‘iston Bosh muftiysi Serikboy hoji Oraz salomatligi yomonlashgani sabab iste’foga chiqdi. Bugun, 7 fevral kuni bo‘lib o‘tgan respublika Musulmonlar diniy boshqarmasining 9-qurultoyida u egallab turgan lavozimini tark etdi va uning o‘rniga Navro‘zay hoji Taganuli saylandi. Uning nomzodini Serikboy hoji Oraz taklif qilgan. 

"Navro‘zay hoji Taganuli mening birinchi o‘rinbosarim sifatida ko‘plab loyihalarni amalga oshirdi. U din sohasida katta tajribaga ega. Ishonamanki, u Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi ishiga salmoqli hissa qo‘shadi", deydi Serikboy qozi Oraz.

Serikboy hoji 2017 yil 8 dekabrda Qozog‘iston Musulmonlar idorasi raisi etib saylangandi.

Navro‘zay hoji 2018 yil oktyabrdan beri mamlakat Musulmonlar idorasi raisining birinchi o‘rinbosari, Nur-Sulton shahri bo‘yicha idora vakili, “Hazrat Sulton” masjidi bosh imomi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 

U Toshkentdagi Imom Al-Buxoriy nomidagi islom instituti (1993-1997 y.), Qozog‘iston musulmonlar idorasi qoshidagi islom institutida (1999-2001 y.) tahsil olgan.

2009 yilda Misrda o‘z malakasini oshirgan. 2010 yilda Abay nomidagi Olma-Ota davlat universitetii tarix fakultetini, 2011-2013 yillarda esa oliygohning “dinshunoslik” mutaxassisligi magistraturasini tamomlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing