Qozog‘iston bir qator teraktlarning oldini olganini e’lon qildi
Olam
−
03 Sentabr
7969Qozog‘istonda turli hududlarda olti kishi qo‘lga olinib, qator teraktlarning oldi olindi. Bu haqda respublika Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xabar berdi.
“Buzg‘unchi diniy oqim tarafdori bo‘lgan besh nafar Qozog‘iston fuqarosi va bir nafar xorijlik qo‘lga olindi”, deyiladi qo‘mita matbuot xizmati xabarida.
Hibsga olinganlar terrorchilik aktiga ommaviy chaqiruvda gumon qilinmoqda. Ular 5 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Shuningdek, ashyoviy dalillar, jumladan, uchta jonli granata olingan.
Qo‘lga olinganlarning ikki nafari muqaddam talonchilik va o‘g‘irlik jinoyatlari uchun sudlangan.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Qozog‘istonning Aqtau shahrida terrorchilik harakatini amalga oshirishni rejalashtirgan shaxs ushlangandi. O‘tgan yilning sentyabr oyida esa Qozog‘iston janubidagi Turkiston shahrida joylashgan Ahmad Yassaviy maqbarasini portlatishga urinish mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingandi.