Qozog‘iston AES referendumiga 32,1 mln dollar sarflamoqchi

Olam

image

Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi atom elektr stansiyasi bo‘yicha referendum o‘tkazish uchun 15,5 milliard tenge (32,1 million dollar) sarflashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Sputnik” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, MSK xarajatlarning taxminiy (dastlabki) smetasini ishlab chiqadi va ko‘rib chiqish uchun hukumatga taqdim etadi.

“Tabiiy ravishda, biz tayyorgarlik ko‘rdik va hisob-kitob qildik. Bizning smetamizga ko‘ra, xarajatlarning umumiy miqdori 15,5 milliard tengeni tashkil etadi. Bu summa dunyoning 63 mamlakatida joylashgan 78 ta xorijiy saylov uchastkasida referendumni tashkil etish va o‘tkazish xarajatlarini o‘z ichiga oladi”, deydi MSK a’zosi Sabila Mustafina.

Nashrga ko‘ra, umumiy mablag‘ning 71 foizi barcha darajadagi komissiya a’zolarining ish haqiga sarflanadi. Sabila Mustafina moliyaviy mablag‘larni komissiya raisi tasarruf etishini aytdi. Bundan tashqari, mablag‘lar davlat auditi va moliyaviy nazorat organlari tomonidan ham nazorat qilinadi.

Mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev xalqqa qilgan murojaatnomasida Qozog‘istonda AES bo‘yicha referendum 6 oktyabrda o‘tkazilishini aytgandi. Stansiyani qurishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan kompaniyalar orasida Qozog‘iston hukumati “Rosatom”, KHNP (Janubiy Koreya), EDF (Fransiya) va China National Nuclear Corporation’ni (Xitoy) tanlagan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Qosim-Jomart To‘qayev 2 sentyabr kuni Qozog‘istonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha referendum 6 oktyabr kuni o‘tkazilishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made