Qozog‘iston AES quradi – Nazarboyev
Olam
−
04 dekabr 2021
8450Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev respublikada atom elektr stansiyasi qurilishini aytdi.
“Biz atom elektr stansiyasini quramiz... Pudratchi va texnologiyani tanlash kerak. Rossiya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Amerika kompaniyalari kuchli istak ko‘rsatmoqda. Endi biz buni qayerda qilishni ko‘rib chiqamiz”, degan u amerikalik rejissyor Oliver Stounning “Qozoq. Oltin odam tarixi” filmi uchun bergan intervyusida.
Sobiq prezident AES qurish zarurati kelajakda mamlakatda elektr energiyasi taqchilligi bilan bog‘liqligini ta’kidlagan.
Nazarboyevning so‘zlariga ko‘ra, Moskva bu masalaga katta qiziqish bildirmoqda.
“Albatta, Rossiya qurmoqchi, shuning uchun biz boshqa birov bilan muzokaralar olib boryapmizmi, degan savolni tez-tez bermoqda”, deydi mamlakat Nazarboyev.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev 1 sentyabr kuni parlament majlisining ochilishida xalqqa yo‘llagan murojaatida hukumat va “Samruk-Kazina” davlat milliy farovonlik jamg‘armasiga mamlakatda atom energetikasini rivojlantirish imkoniyatlarini o‘rganishni topshirgandi.
Shuningdek, noyabr oyida moliya sektori vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda To‘qayev respublika kuchayib borayotgan elektr taqchilligi fonida AES qurish zarurati bo‘yicha yakuniy qarorga kelishi haqida fikr bildirdi.