Qozog‘iston ham olov ichida qolgan Turkiyaga yordam yubordi
Olam
−
07 avgust 2021
6084Bugun, 7 avgust kuni Qozog‘iston ikkita EMERCOM vertolyotini o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish va ularning keng tarqalishini oldini olish maqsadida Turkiyaga yubordi. Bu haqda “Sputnik Kazaxstan” nashri xabar bermoqda.
“Bugun Turkiyaga jo‘nab ketgan Qozog‘iston vertolyotlari uch davlat chegaralaridan oraliq qo‘nish bilan parvoz qilib Mug‘la shahriga yetib bordi”, deydi Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligining rasmiy vakili Talgat Uali.
Ta’kidlanishicha, qutqaruvchilarning Turkiya rasmiylari bilan o‘zaro hamkorligi Qozog‘istonning Turkiyadagi elchixonasi tomonidan muvofiqlashtirilgan.
Qozog‘iston yonib ketgan joylarda o‘rmon qoplamini tiklash uchun gumanitar yordam ko‘rsatmoqchi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu yordam qozoq va turk xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik hamda birodarlik rishtalarini ifodalash uchun mo‘ljallangan.
Turkiya olov ichida
Joriy yilning 28 iyulida Turkiyada o‘rmon yong‘inlari boshlandi. Yong‘in mamlakatning bir qancha viloyatlariga tarqalgan. Ularning ichida eng aziyat chekkani sayyohlik viloyati — Antaliya bo‘lib turibdi. Bir necha kundan beri davom etayotgan yong‘inlar oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan va 864 dan ortiq kishi jarohatlangan. Turkiya Prezidenti zarar ko‘rgan hududlarni falokat hududi, deb e’lon qilgan.
Qayd etish kerakki, kecha, 30 iyul kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish va ularning keng tarqalishini oldini olish maqsadida mamlakatga yordam guruhlari yuborilishini ma’lum qildi.
Shuningdek, Ukraina, Rossiya va Ispaniya ham Turkiyaga o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish uchun yordam kuchlarini yubordi.
LiveBarchasi