Qosim-Jomart Toqayevning tashrifi nihoyasiga yetdi
Jamiyat
−
15 aprel 2019
4230Xabaringiz bor, kecha, 14 aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgan edi. Tashrifning asosiy uchrashuvlari bugun, 15 aprel kuni Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tdi.
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev O‘zbekistonga tashrifini yakunlab, Qozog‘istonga jo‘nab ketdi.
Uni Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kuzatib qolgan.
LiveBarchasi