“Qorbobodan sovg‘a”: KXDR Yapon dengiziga 3 ta raketa uchirdi
Olam
−
31 dekabr 2022
8351Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon qisqa masofali uchta ballistik raketa uchirdi. Bu haqda “Yonhap” axborot agentligi Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasiga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, snaryadlar maksimal balandligi 100 kilometr bo‘lgan 350 kilometr masofani bosib o‘tgan. Raketa sinovlaridan so‘ng samolyotlar yoki kemalarga zarar yetkazilgani haqida xabar berilmagan.
Qayd etish kerakki, bugungi uchirilishdan tashqari, KXDR joriy yilda 38 marta ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazdi, jami 70 ga yaqin raketa uchirdi.
Avvalroq 18 dekabr kuni Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon taxminan 25 daqiqalik oraliqda ikkita ballistik raketa uchirgan edi.
LiveBarchasi