Qoraqum kanalining yorilishi tufayli 100 mln kub metr suv qumga oqib ketgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
26 aprel 2023
180032023 yil yanvar-fevral oylarida Qoraqum kanalining yorilishi tufayli kamida 100 million kub metr suv qumga sizib ketgan. Bu haqda “Turkmennews” sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlar asosida o‘rganilgan xulosalarga tayanib, xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, sun’iy yo‘ldoshda aniqlangan o‘zgarishlar muz tiqilishi tufayli sodir bo‘lgan. Ushbu holat Markaziy Osiyodagi anomal sovuq sababli yuzaga kelgan. Jumladan, 17 yanvar kuni tasvirlangan suratlarda ikkita tirbandlik aniqlangan.
27 yanvar holatiga ko‘ra, kanallar Qoraqum cho‘liga 20 kilometr chuqurlashgan. 30 yanvarga kelib, to‘g‘on qurilishi tufayli kanallar torayib ketgan, ammo bu holat oqimni oshirib, ishni murakkablashtirgan. 11 fevralga kelib esa to‘g‘on qurilishi to‘liq yakunlangan. Bu vaqtga kelib kanallar Qoraqum cho‘liga 35 kilometrdan ortiq chuqurlashgan.
Jurnalistlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 20 kundan ortiq vaqt davomida Qoraqum kanali suvining katta qismi qumga oqib ketgan. Isrof bo‘lgan suv 100 million kub metrni tashkil qilgan. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, zarar miqdori yoz faslida sodir bo‘lmagani uchun ham u qadar qo‘rqinchli bo‘lmagan. Agar bu yozda sodir bo‘lganida, vaziyat ancha jiddiyroq bo‘lishi mumkin edi.
Faqatgina 23 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan hukumat yig‘ilishida prezident Serdar Berdimuhamedov Meri va Lebap viloyatlari hokimlariga daryolarda normal suv oqimini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma bergan, biroq bu tartibga nima sabab bo‘lganini tushuntirmagan. Shundan so‘ng Prezident qisqa vaqt ichida Meri viloyatiga bir necha bor borgan.
Qoraqum kanalining samaradorligi odatda past deb baholanadi. Afg‘onistonda qurilishi rejalashtirilgan Qo‘shtepa kanali muhokama qilinayotganda u salbiy misol sifatida keltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston Turkmaniston bilan chegaradosh Balx viloyatida ulkan Qo‘shtepa kanalini qurish loyihasini faol amalga oshirmoqda. Mutaxassislar Qo‘shtepa kanali foydalanishga topshirilgach, hududdagi suv havzasi bilan bog‘liq vaziyat keskin yomonlashishidan xavotirda ekanini bildirishgan. Ayniqsa O‘zbekiston va Turkmaniston eng ko‘p zarar ko‘rishi mumkin. Mamlakatlar mintaqaning asosiy daryosidan sug‘orish ishlari uchun oladigan suvning 15 foizini yo‘qotishi mumkin.
LiveBarchasi