Qoraqalpog‘istonning ikki tumanida soliq boshliqlari o‘zgardi
Jamiyat
−
29 may 2019
2499Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Qoraqalpog‘istonning ikki tumanida davlat soliq inspeksiyasi boshliqlari o‘zgardi.
Ajiniyaz Mafurovich Xolmurodov Xo‘jayli tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
A.Xolmurodov 1978 yilda Xo‘jayli tumanida tug‘ilgan. 2000 yili Qoraqalpoq iqtisodiyot va ishbilarmonlik kollejini, 2009 yili Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialini tamomlagan. Soliq sohasidagi mehnat yo‘lini 2000 yili Xo‘jayli tumani davlat soliq inspeksiyasi Nazorat-inspektorilik ishlari bo‘yicha davlat soliq bosh inspektori lavozimidan boshlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi Ichki audit bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Anvar Otaxonovich Abdalov To‘rtko‘l tumani davlat soliq inspeksiyasi lavozimiga tayinlandi. U 1977 yili Ellikqal’a tumanida tug‘ilgan. 2000 yili Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan.
Soliq sohasidagi mehnat yo‘lini 2003 yili Ellikqal’a tumani davlat soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslar to‘lovlarining byudjetga tushishini nazorat va tahlil qilish bo‘limi davlat soliq katta inspektori lavozimida ishlashdan boshlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Ellikqal’a tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
LiveBarchasi