Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlarga qo‘shimcha qabul kvotalari tasdiqlandi
Jamiyat
−
17 Sentabr
2109Qoraqalpog‘iston Respublikasida istiqomat qiluvchi yoshlarga bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 10 mingta qo‘shimcha qabul parametri tasdiqlandi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.
Bunda ajratilgan qabul parametrlarining:
- Toshkent shahridagi OTM va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi OTM va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;
- viloyatlardagi OTM va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
Bunda 10 mingta qo‘shimcha qabul parametri – kirish imtihonlarida 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirilgan. Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 avgustdagi PF-213-son farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024-2025 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilingandi.
LiveBarchasi