Qoraqalpog‘istonga yangi prokuror tayinlandi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga Erkaboy Aminovich Tojiyev tayinlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining 32-sessiyasida shunday qaror qabul qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, adliya katta maslahatchisi Erkaboy Tojiyev Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i, Toshkent viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori vazifalarida ishlagan. 2017 yilning 14 noyabrida bosh prokurorning o‘rinbosari etib tayinlangan. Keyinroq 2018 yil 21 fevralida birinchi o‘rinbosarlikka ko‘tarilib, 2019 yilgacha shu lavozimda qolgan. 2019 yil oktyabrdan beri Qashqadaryo viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritayotgandi.

U O‘zbekiston Prezidentining 2016 yil 25 avgustdagi farmoniga ko‘ra “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

684

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing