Qoraqalpog‘istonda uy va oziq-ovqat do‘koni yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 5 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, bugun soat 13:24 da tumanning “Toshkent” MFY Ibratli ko‘chasida joylashgan uy va oziq ovqat do‘konida yong‘in sodir bo‘layotgani haqidagi xabar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan. 

Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:34 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:03 da o‘rab olingan va soat 14:45 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida uy va do‘konning taxminan 187 kvadrat/metr maydonida tom qismi yonib zararlangan. 

Hodisada tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘qligi ma’lum qilingan. 

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangandagi bozorlardan biri yonib ketgandi. Shuningdek, Toshkentdagi maktabda yong‘in chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Qoraqalpog'iston do'kon uy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing