Toshkentdagi maktabda yong‘in chiqdi

3-sahifa

image

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan maktablarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, hodisa bugun, 2 avgust kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Istiqlol ko‘chasida joylashgan 50-sonli maktabning 2-qavatida yuz bergan. Soat 11:43 da yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Chaqiruvga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:49 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 11:52 da o‘rab olingan va soat 12:00 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida 2-qavatning taxminan 10 kvadrat metr maydonidagi ichki jihozlarga zarar yetgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing