Qoraqalpog‘istonda mudhish YTH natijasida 31 yoshli fuqaro vafot etdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 25 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida mudhish YTH sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining ma’lum qilishicha, Xorazm viloyatida yashovchi 45 yoshli X.M. boshqaruvidagi LADA-Largus avtomashinasini tuman hududidan o‘tuvchi “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” yo‘lida haydab ketayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan Qashqadaryo viloyatida yashovchi 55 yoshli I.K. boshqaruvidagi Mercedes-benz yuk avtomashinasining orqa tomoniga urilib, ag‘darilgan.

 Natijada, LADA-Largus avtomashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi 60 yoshli F.M. ismli ayol jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan. Shuningdek, yana bir yo‘lovchisi 31 yoshli A.B. jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH IIV o'lim

Baholaganlar

34

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing