Qoraqalpog‘istonda ichida yo‘lovchilari bo‘lgan poyezdga o‘t ketdi (video)

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘istonda ichida yo‘lovchilari bo‘lgan poyezdga o‘t ketdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati boshlig‘i, mayor Oybek Abdurahmonov QALAMPIR.UZga ma’lum qildi.

Bildirilishicha, holat joriy yilning 19 sentyabr kuni soat 14:50 atrofida Xo‘jayli tumani “Kulab” OFY hududida sodir bo‘lgan. “Mang‘istov-Nukus” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan yo‘lovchi tashish poyezdi teplovozining 2-seksiyasining ichki qoplamasida yong‘in kelib chiqqan.

“Yong‘in Xo‘jayli tumani FVB yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in sababi va moddiy zarar surishtiruvlar davomida aniqlanadi”, deydi Oybek Abdurahmonov.

Shuningdek, teplovozda jami 8 ta yo‘lovchi tashish vagonlari bo‘lib, ko‘rilgan chora-tadbir natijasida ular zarar ko‘rmagan. Yo‘lovchilar soat 15:30 atrofida yo‘nalish bo‘yicha boshqa teplovoz yordamida manziliga harakatni davom ettirgan. 

Voqea bo‘yicha tan jarohatini olgan yoki nobud bo‘lgan fuqarolar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

poezd Qoraqalpog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing