Qoraqalpog‘istonda ayolni poyezd bosib ketdi

3-sahifa

image

Kecha, 22 yanvar kuni Qoraqalpog‘istonda ayolni poyezd bosib ketishi oqibatida u halok bo‘ldi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Gidrouzel va Nukus stansiyalari oralig‘ida ayol kishi temir yo‘lni o‘tish uchun mo‘ljallanmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan va yo‘lovchi poyezdi ostida qolib ketgan.

“Jabrlanuvchi yo‘l harakati qoidalarini buzib, o‘z xavfsizligiga e’tibor bermadi. Mas’ul xizmatlar hodisa tafsilotlarini tekshirmoqda”, deyiladi xabarda. 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” fuqarolarga temir yo‘llarni kesib o‘tishning belgilangan me’yorlariga rioya qilish muhimligini eslatib o‘tgan. Hodisa haqida batafsil ma’lumot taqdim etilmagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Chortoq va Uychi bekatlari o‘rtasidagi qo‘riqlanmagan temir yo‘l kesishmasida dahshatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi. Gentra yengil avtomobilining haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan holda yaqinlashib kelayotgan poyezd oldidan temir yo‘lni kesib o‘tishga uringan. Mashinada olti kishi bo‘lgan: besh ayol va kichik bola. Kuchli to‘qnashuv oqibatida mashinadagilarning hech biri omon qolmagan.


Maqola muallifi

Teglar

poezd Nukus Qoraqalpog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing