Qoraqalpog‘istonda avtobus va yuk avtomobili to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi vafot etdi

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘istonning Kegeyli tumanida avtobus va yuk avtomobili to‘qnashishi oqibatida 2 nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi. Bu haqda “Yangi davr” axborot dasturida ma’lum qilindi.

Xabar qilinishicha, Isuzu yo‘lovchi tashuvchi avtobusi Kegeyli–Nukus yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotganida Chimboy tumanidan kelayotgan “Gaz 53–12” yuk avtomobili kelib urilgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2 nafar yo‘lovchi halok bo‘lib, avtobus haydovchisi shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holatdan keyin avtomobillarning texnik holati o‘rganilganda yuk mashinasi qayta jihozlangani hamda mavsumiy texnik ko‘rikdan o‘tmagani aniqlangan. Hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv harakatlari amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 iyul kuni Samarqand viloyatining Payariq tumanida Isuzu rusumli avtobus va Damas to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing