Qoraqalpog‘istonda 7 yashar qizcha YTH qurboni bo‘ldi

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida birinchi sinf o‘quvchisi YTH qurboni bo‘ldi. Bu haqda “Yoshlar” telekanalining "Yangi davr" informatsion dasturida xabar qilindi. 

Ma’lum qilinishicha, 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi Lacetti rusumli avtomashinasida katta tezlikda harkatlanib, Xo‘jayli tumani 33-sonli maktabning birinchi sinf o‘quvchisini piyodalar o‘tish yo‘lakchasida urib yuborgan. Natijada qizcha shifoxonada olgan og‘ir tan jarohati oqibatida vafot etgan. 

Voqea joyida bo‘lgan guvohlarning aytishicha, avtomobil juda yuqori tezlikda harkatlanib, qizchani surib ketgan. 

Hozirda holat yuzasidan Xo‘jayli tumani IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

YTH

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing