Qoraqalpog‘iston: 29 abituriyentni o‘qishga kiritish evaziga 83 ming dollar olgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘istonda 29 nafar abituriyentni o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro R.E. boshqa bir fuqaro Sh.ga go‘yoki o‘zini Davlat test markazida ishlovchi shaxs sifatida tanishtirgan. Shundan so‘ng, fuqaro R.E. unga “Ali” ismli tanishi orqali o‘qishga kira olmagan abituriyentlarning ballarini kirish ballariga tenglashtirib qo‘yishini aytgan. 

Davlat test markazi “xodimi” jami 29 nafar abituriyentni o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 83 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ayniqsa avgust oyida ko‘p uchraydi va qo‘lga tushadi. Jumladan, Andijon davlat universiteti katta o‘qituvchisi o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1400 dollar olayotgan vaqtda qo‘lga tushgan. Bundan tashqari,Toshkent, Farg‘ona va Namanganda ham shunday holatlar qayd etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

83

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing